O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi: vazirlikda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi aynan shu mavzuga bagʻishlandi

2020-07-02 | Sport

Bugun demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʻrlik, mansabini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi hokimiyatning obroʻsizlanishi, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishi, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab boʻladi. Bu oʻz oʻrnida korrupsiyaning mamlakatda rivojlanishi hamda oʻsha davlatning tanazzuliga olib keladi. Har bir jamiyatda mavjud boʻlgan bu kabi illatlarga qarshi ayovsiz kurashish borasida mamlakatimizda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 27-maydagi Prezident Farmoni, 2017-yil 2-fevraldagi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi qarori korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muhim qadam boʻldi. Bugungi kunda ushbu yoʻnalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash boʻyicha davlat idoralarida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida ham qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlash, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrishga jiddiy qaralmoqda.

30-iyun kuni oʻtkazilgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika komissiyasi va uning hududiy komissiyalari ishtirokida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Nodir Murotov raislik qilgan mazkur yigʻilishda tizimdagi barcha tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida har birimiz masʼul ekanligimiz, uni bartaraf etish va oldini olish boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish, oʻz faoliyatimizni qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik va hisobdorlik prinsiplari asosida amalga oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yoʻnalishlarni hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, byudjet mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanish, turli dasturlar doirasida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda pudrat tanlovlarini ochiq va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash, qurilishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, vazirlik hamda hududiy boshqarmalarning ishonch telefonlari ifoda etilishi kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, barcha tashkilotlar xodimlari ishtirokida odob-axloq qoidalari va manfaatlar toʻqnashuviga qatʼiy rioya etilishi, bu borada har bir xodim bilan kerakli tushuntirishlar olib borish lozimligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, vazirlikning har bir tizim tashkilotida korrupsiya xavfini aniqlash, ulardan rahbariyatni oʻz vaqtida xabardor etishga imkon beruvchi adolat qutilari tashkil etilganligi monitoring qilinishi, bunga eʼtiborsiz bilan qarayotgan rahbarlarga esa oʻrnatilgan tartibda tegishli choralar koʻrilishi bildirildi.

Videoselektor yigʻilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari oʻz hududlarida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlar berishdi.

Korrupsiya – bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Shu sababli barcha mazkur illatga qarshi birgalikda qonuniy kurash olib borishimiz lozimdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться