O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimining yangi islohot davri
2020-07-02 | Jamiyat
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Parlamentga murojaatnomasida qonun ustuvorligini ta’minlash va korruptsiyaga qarshi qat’iy kurashish bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surdi.
Hususan,
O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimining yangi islohot davri
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Parlamentga murojaatnomasida qonun ustuvorligini ta’minlash va korruptsiyaga qarshi qat’iy kurashish bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surdi. Hususan, nutqlari davomida Parlament va Prezidentga hisobdor bo‘lgan korruptsiyaga qarshi mustaqil organ tashkil etilishi bo‘yicha taklif bergan edilar. Buning sabablaridan biri sifatida korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaktsinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmasligimizni ta’kidlab o‘tgan edilar.
Ushbu muammolarni hal etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashki qilinishi jamiyatimiz uchun eng dolzarb yangiliklardan biri bo‘ldi.
Mazkur Farmon bilan Agentlikning nafaqat ishlash tartibi balki boshqa davlat tashkilotlari, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik olib borishning yo‘nalishlarini ham belgilab beradi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birga:
- xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash;
-normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibini takomillashtirish;
-O‘zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.
Bundan, tashqari Agentlik bilan birgalikda 2020-2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Agentlikni tashkil qilinganligi O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarning konsolidatsiyalashuviga, qabul qilinayotgan hamda amalga oshirilayotgan antikorruptsion harakatlarni natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Xudoyor Meliyev
Adliya vaziri o‘rinbosari
Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi