O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi tizimida yangi davlat xizmati joriy etilmoqda

2020-02-18 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi davlat xizmatlari koʻrsatishni yana-da takomillashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida hujjatlarning dublikatini berishda shaffoflikni taʼminlash va korrupsiya holatlarini oldini olish, ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish maqsadida yana bir muhim qadamni tashlamoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil, 24-yanvar kuni Oliy Majlisga murojaatnomasida joriy yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida boshqaruv tizimi sifatini yana-da oshirish, jumladan, “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda toʻliq taʼminlash boʻyicha vazirlik, idoralarga muhim topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, 2020-yil “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinishi, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi, xalqimizni tashvishga soluvchi ogʻir illat – korrupsiya balosini yoʻqotishda ham samarali vosita ekanligi alohida taʼkidlandi. Zero, davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror loyihasiga koʻra, fuqarolar attestat (shahodatnoma) yoki sertifikatlarni yoʻqotgan yoki familiyasini oʻzgartirganda yoxud yaroqsiz, buzilgan hollarda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uning dublikatini qisqa muddatda olishga erishadi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, shu vaqtga qadar fuqarolar dublikat attestat olishlari uchun bir oy kutishlari zarur boʻlgan.

Qaror loyihasi regulation.gov.uz portaliga keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Поделиться