O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya korruptsiyaga qarshi qanday kurashmoqda?

2020-02-13 | Jamiyat

Korruptsiyaga qarshi kurash nimani anglatadi? Yon-atrofimizda korruptsiya alomatlarining borligini. Bu xuddi organizmga bexos tushgan virusga o‘xshaydi. Toki unga qarshi kishida kuchli immunitet yaralmas ekan, har qanday dori-darmon kor qilmasligi mumkin. Shu jihatdan olib qaralsa, korruptsiya illatiga qarshi kurashni jadal sur’atda olib borishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Chunki korruptsiya nafaqat demokratiyaning, umuman har qanday taraqqiyotning oldida turgan g‘ov.

Birinchi navbatda, korruptsiyaga qarshi kurashni davlat o‘zidan, davlat organlaridan boshlashi lozim. Buni yaxshi anglagan Adliya vazirligi o‘z tizimida korruptsiyaga qarshi o‘zining qat’iy pozitsiyasini bildirib, jiddiy amaliy chora-tadbirlarni qo‘llashga kirishdi.

Eng asosiy maqsad - adliya organlarini “korruptsiyasiz soha”ga aylantirish yuzasidan adliya vazirining buyrug‘i qabul qilindi.

Bugungi kunda adliya tizimida ishlash printsiplari ham, ish usullari ham, umuman xodimlarning dunyoqarashi ham o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Bunga, avvalo, kadrlar bilan ishlash tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilgani sabab bo‘ldi.

Keyingi ikki yilda adliya organlari xodimlarining ish haqini uch marta oshirishga erishildi. Mantiq oddiy: yaxshi maosh oladigan xodim, avvalo, ish joyini yo‘qotishni, qolaversa, qonuniy daromadi yetarli bo‘lsa, noqonuniy yo‘l bilan pul topib, biografiyasini bulg‘ashni istamaydi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi qabul qilindi, Adliya vazirligi tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish kengashi va maxsus bo‘limi tuzildi, “Adliya vazirligining Korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati” tasdiqlandi va korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator ichki hujjatlar qabul qilindi.

Endilikda, har qanday darajadagi lavozimda ishlayotgan xodim korruptsiyaviy huquqbuzarlik sodir etsa, adliya u bilan xayrlashadi.

Ta’kidlash joiz, adliya tizimi avvallari ham korruptsiya ko‘rsatkichi yuqori davlat organlari safida turmas edi. Ammo notariat sohasida fuqarolarning e’tirozlarini rad etib bo‘lmasdi.

Adliya vazirligi ushbu muammo bilan kurashga jiddiy bel bog‘ladi va notariat tizimidagi korruptsiyani jilovlashga muvaffaq bo‘ldi.

Bugungi kunda elektron hujjat almashinuvi, “Notarius” dasturi, videokuzatuv va barmoq skanerlash tizimi, sms-xabarnoma, faol notarius modeli kabi innovatsion yondashuvlar sabab notariat tizimi ancha tozalandi. Bundan tashqari, xususiy notarial idoralarning faoliyat yuritishiga ham ruxsat berildi.

Maksimal darajadagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida adliya vazirligida “Ochiq adliya” dasturi qabul qilindi. Dastur fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash imkonini kuchaytirdi. E’tibordan chetda qolayotgan kamchiliklar, qolaversa o‘z vazifasini lozim darajada bajarmayotgan xodimlarni aniqlash bo‘yicha bevosita jamoatchilik yordamiga tayanilmoqda.

Vazirlik binosida xizmat xonalarning joylashish strukturasini ham ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqildi. Xodimlarning kunlik faoliyati bemalol kuzatib bo‘ladigan darajada joylashtirildi. Bu esa nazoratni, ish unumdorligini oshirishga sabab bo‘lmoqda.

Ochiqlikning eng muhim jihatlaridan biri, bu shubhasiz, moliyaviy ma’lumotlardir. Moliyaviy mablag‘larning sarfi, qaydan kelib qayga ketayotgani, nima maqsadlarda ajratilayotgani, umuman, Adliya vazirligi
va uning tarkibiy bo‘linmalarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar vazirlik veb-saytida e’lon qilib borilmoqda.

Bunda xarajatlar, ularni amalga oshirilishi bilan bog‘liq hisobotlar, xarid qilish bilan bog‘liq shartnomalar ro‘yxati bilan tanishish mumkin bo‘ldi.

Bundan tashqari, Adliya organlari va muassasalari ma’muriy binolarida jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning vakillarini qabul qilishda video va audioga yozib olish tizimi joriy etildi.

Adliya organlari va muassasalaridagi korruptsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni darhol va o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlashga qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida “@antikorbot” nomli maxsus bot yaratildi.

Maxsus bot orqali shu kunga qadar 2 mingdan oshiq tezkor xabarlar kelib tushdi. Bu xabarlarga asosan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasiga ko‘ra ichki tartib qoidalarni buzgan 18 nafar xodim bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Javobgarlik muqarrar bo‘lmagan joyda qonuniylik va korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligi haqida gapirish befoyda. Korruptsiya holatlari aniqlangach ko‘riladigan jazo choralari faqat korruptsionerni emas, u orqali butun jamiyatni tarbiyalaydi.

Shu maqsadda davlat notarial idorasi, notarial arxiv va davlat xizmatlari markazlarida 1 028 ta qisqa muddatli tekshirishlar (reyd tadbirdari) o‘tkazilib, 832 nafar mas’ul xodimga tegishli jazo choralari ko‘rildi.

Shu bilan birga, 670 ta “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazilib, real xizmat oluvchi shaxs sifatida davlat xizmatlari jarayonida qatnashish orqali xizmat ko‘rsatishning sifati, muddati, shart-sharoiti o‘rganilib, 221 nafar mas’ul xodimga tegishli jazo choralari ko‘rildi.

5 316 nafar xodim orasida profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, bunda xodimlarni Adliya vazirligi xodimlarining jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etish hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlik muqarrarligi tushuntirildi.

Komplayens nazorat

Adliya vazirligi tizimida korruptsiyaga qarshi kurashishning “kompleans nazorat” tizimi joriy etilmoqda. Maqsad - sohada pora olish uchun mutlaqo imkon qoldirmaslik.

Shu sababli dunyoning eng yirik 4 ta yetakchi xalqaro auditorlik tashkilotlaridan biri KPMG kompaniyasi bilan hamkorlikda maxsus loyiha ishga tushirildi.

Adliya vazirligida korruptsiya ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmasada loyihaning I-bosqichida doirasida KPMG kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida potentsial 492 ta korruptsiyaviy xavf-xatar aniqlangan.

Ushbu faktni inobatga olgan holda, ISO 37001:2016 “Korruptsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari - Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida Adliya vazirligining barcha ichki hujjatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi, Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligida korruptsion xavf xatarlarni kompleks bartaraf etish orqali adliya tizimini “korruptsiyasiz soha”ga aylantirishdir.

Поделиться