O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiya

Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

09.12.2020HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vazirlik va idoralar orasida 2-bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ISO 37001:2016 standarti "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi" sertifikatini qo'lga kiritdi

09.12.2020JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

ISO 37001:2016 - bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi samarali tizimni yaratish uchun xalqaro modelni o‘z ichiga olgan dunyodagi birinchi xalqaro standart hisoblanadi.

Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bostirishga qaratilgan islohotlar

17.11.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Hozirgi kunda mamlakatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bostirishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida

31.10.2020Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid farmon imzolandi

28.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi yashirin aylanma darajasini keskin pasaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Aziz Abduhakimov: Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuniga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

29.09.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, UNESCO masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov UNESCO Bosh direktori Odri Azule bilan birga Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni (XAUFK)ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn-muhokamada ishtirok etdi. 

Korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida davra suhbati

28.09.2020IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta'minlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda biznes-hamjamiyatining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, erkin, shaffof tadbirkorlik faoliyatini yuritishga ko‘maklashish, birinchi navbatda, “korrupsiya” nomli illat mohiyatini tushunib yetish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

YXHT 28-iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashda O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar taqdim etildi

15.09.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 10-11-sentabr kunlari Praga shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YXHT) 28-iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy yig‘ilishi "Innovatsiyalarni qo‘llash, shaffoflikni oshirish va raqamlashtirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish orqali YXHT mintaqasida xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash" mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Vebinar: normativ-huquqiy hujjat loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi yetarli darajadami?

15.09.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Adliya vazirligida 2020-yilning 14-sentabr kuni “CERT International” kompaniyasi auditorlari tomonidan aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf qilish va bildirilgan tavsiyalarni tahliliga bag‘ishlangan onlayn trening o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurash tizim: Adliya vazirligining muvaffaqiyat formulasi

12.09.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Joriy yilning 11-sentabr kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining yaratilishi, ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bunga qanday erishildi?

09.09.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Ushbu sertifikat vazirlik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar o‘tkazildi

05.09.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i B. Ismailov hamda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi o‘qituvchisi S. Mamanov ma’ruza qildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi ichki audit xizmatining 2019-2020-yillardagi faoliyati natijalari

03.09.2020Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Maktabgacha ta’lim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2019-yil va 2020-yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasi bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy chora ko‘rish uchun 904 ta tekshirish xujjatlari yuborildi. Bugungi kunda 6 mingga yaqin davlat MTTlarida 223 ming xodim faoliyat yuritadi. MTV maktabgacha ta’lim tizimini bola haqqiga xiyonat qiladigan vijdonsiz insonlardan xalos etish borasida o‘z ishini davom ettiradi.

Korrupsiyaning oldini olishga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazildi

26.08.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

25-avgust kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazildi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda korruptsiya holatlariga yoʼl qoʼyilishini oldini olish, korrupsion elementlarning har qanday koʼrinishiga qarshi keskin kurashish, uni profilaktika qilish boʼyicha chora-tadbirlar va amalga oshiriladigan ishlar haqida soʼzladi.

Adliya vaziri Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

21.08.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

2020-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy kengash raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

18.08.2020JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi

27.07.2020SiyosatManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

24.07.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni