O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qo‘mitasi vakili korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro vebinarda qatnashdi
2020-07-09 | Jamiyat
Joriy yilning 7- iyul kuni “Korrupsiyaning oldini olish organlari – tashkil etish va samarador faoliyatning amaliy yechimlari” mavzusida onlayn xalqaro vebinar o‘tkazildi.
Ushbu vebinarda Iqtisodiy hamkorlik va tarraqqiyot tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha tashkilotining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning 100 ortiq vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasining mas'ul kotibi Ulug‘bek Noipov ham qatnashdi.
Vebinar davomida xalqaro ekspertlar korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish va davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi nazorat (Compliance Control) tizimlarini joriy qilish bo‘yicha Fransiya, Serbiya, Latviya va Ruminiya davlatlari tajribalari haqida so‘z yuritdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga xalqaro ekspertlar atroflicha javob berishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi