O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda oliy ta’limda korruptsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya o‘tkazilmoqda

2020-02-28 | Ta’lim

2020-yil 27-28-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Oliy ta’lim - korruptsiyasiz soha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazilmoqda.

Xalqaro anjuman YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda YXHT loyihalari ko‘magida tashkil etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, senatorlar, xalqaro va mahalliy ekspertlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bosh prokuratura akademiyasi mas’ul xodimlari va rektorlar anjumanda spiker sifatida ishtirok etdilar.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida oliy ta’lim tizimida “korruptsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilmoqda, - dedi vazir Inomjon Majidov. - O‘tgan davr mobaynida sohada bu illatga qarshi kurashish yo‘lida barcha resurslar ishga solinmoqda, sezilarli natijalarga ham erishildi. Lekin hali oldinda qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, anjumanda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqiladi degan umiddamiz.

Konferentsiyada oliy ta’lim sohasida korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan amaldagi huquqiy mexanizmlar va amaliy choralarni muhokama qilish uchun ekspert maydoni shakllantirilib, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda ushbu sohada huquqiy madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Anjumanning birinchi kunida yalpi majlislarda ta’lim olish va xodimlarni ishga qabul qilish, akademik halollik madaniyati, oliy ta’lim sohasida korruptsiyaga qarshi kurashda AKTdan unumli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bugun xalqaro anjuman dasturidan oliy ta’limda korruptsiyaviy holatlarning oldini olish masalasida xalqaro ekspertlar ishtirokida trening o‘rin olgan.

Поделиться