O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiyotdagi korruptsion holatlarni bartaraf etish borasida qat’iy choralar ko‘rilmoqda

2020-02-25 | Sog‘liqni saqlash

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot tizimida korrupsiyaning oldini olish va korrupsiya ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi ishlar haqidagi axboroti eshitildi.

Unda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning Farmoni bilan 2019 - 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish kontsepsiyasi bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sohani isloh etish bo‘yicha 180 dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilinib, boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirildi. Ushbu sa’y-harakatlar doirasida vazirlik tomonidan joriy yil korrupsiyaga qarshi kurashish yili, deb e’lon qilinib, aniq chora-tadbirlar amalga oshrilmoqda.

Shuningdek, markazlashtirilgan mablag‘larni hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini o‘zlashtirishda, xalqaro talablardan kelib chiqib, tender savdolarini o‘tkazishda mutlaqo yangi, shaffof tizimga o‘tildi. Sohada litsenziyalar berishda hamda xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish maqsadida 5 ta yo‘nalishdagi xizmatlar Davlat xizmatlari agentligi orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil yana 10 ta xizmat turi Davlat xizmatlari agentligi orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan profilaktika ishlari muntazam olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Tizimda sustkashlikka, ta’magirlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rib borilmoqda. Chunonchi, 2017-2018-yillar davomida 13 ta hududiy boshqarma va 180 ta tuman, shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimidan ozod etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tasarrufidagi tibbiyot muassasalarining 136 nafar rahbari lavozimidan ozod etildi va ularning o‘rniga respublika tasarrufidagi muassasalardan mutaxassislar hududlardagi davolash profilaktika muassasasalariga rahbar etib yuborildi.

Yana bir e’tiborli tomoni, o‘tgan yil 1-fevraldan boshlab sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha davlash profilaktika muassasalarida asosiy ish joyiga tibbiyot xodimlarini faqat to‘liq stavkaga ishga qabul qilish tartibi belgilandi. Vazirlik tizimidagi tibbiyot muassasalarida bemorlar o‘rtasida anonim so‘rov o‘tkazish tartibi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, so‘rov jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan ham tegishli choralar ko‘rib borilmoqda. Vazirlik, tasarrufdagi tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalarda “Ishonch telefonlari” joriy etildi.

So‘nggi uch yilda huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida korrupsiya bilan jinoyatlar dinamikasi kamayishiga erishilmoqda. Misol uchun, 2016-yilga nisbatan shu yilning 1-yanvar holatga ko‘ra, tizimda faoliyat olib boruvchi xodimlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari qariyb ikki barobarga kamaygan. 2018-2019-yillarda tizimda mansabdor shaxslar va xodimlar ishtirokidagi qayd etilgan 213 ta korrupsiya holatlar bo‘yicha barchasiga tegishli choralar ko‘rildi.

Eshituv davomida parlament a’zolari tomonidan sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, ulardagi korrupsiyaga sharoit yaratib beruvchi normalarni aniqlash va ularni bartaraf etish, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish orqali inson omilini qisqartirish yuzasidan takliflar berildi.

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining oylik maoshlarini yanada oshirish choralarini ko‘rish, tizimda kadrlarni, ayniqsa, o‘rta tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilish tizimini qayta tanqidiy ko‘rib chiqqan holda, sohada shaffoflikni ta’minlash, vazirlik va uning tizimida “korrupsiyaga qarshi ichki audit” tizimini doimiy olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Eshituv yakunlari bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olib, qo‘mitalar tomonidan qo‘shma qaror qabul qilindi.

Поделиться