O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq deputatlari Ellikqal'a tuman kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2020-10-18 | Iqtisodiyot

2020-yil 17-oktabr kuni Ellikqal'a tumani faollari va mahalliy kengash deputatlari ishtirokida tumanning navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga so‘nggi 3 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur loyihasini  muhokama qilish va tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 2-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida vazirliklar va idoralar rahbarlariga Respublika tuman va shaharlari biriktirilgan.
 
Vazirlik va idoralar o‘ziga biriktirilgan hududni puxta o‘rganib, muammolarni tizimli tahlil qilgan holda navbatdagi ustuvor vazifalarni belgilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan holda xalq deputatlari mahalliy kengashi yig‘ilishida muhokama qilish belgilangan.
 
Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov rahbarligida “Ishchi guruh” shakllantirilib, tumandagi 36 ta mahallaning har birida o‘rganish o‘tkazildi.
 
“Ishchi guruh”ning o‘rganishlari davomida Ellikqal'a tumanini rivojlantirish mumkin bo‘lgan “o‘sish nuqtalari” aniqlab olindi va qiymati 480,5 mlrd. so‘mlik 100 ta yangi investisiya loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirildi.
 
Sessiyada tumanda 3-7 yoshdagi 13,8 mingta bolalarning maktabgacha ta'lim qamrovi 45 foiz, shundan atigi 9 foizi xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlariga to‘g‘ri kelishi ta'kidlandi.
 
Tumanda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar qamrovini amaldagi 45 foizdan 72 foizga yetkazish bo‘yicha 5 ta yangi davlat va 5 ta davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bunda, davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilishi belgilanayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko‘paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
 
Yana bir muhim yo‘nalish, tumanda eko turizm va ziyorat turizmini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar borligi, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Aqchako‘l imkoniyatlari bo‘yicha ekoturizm ob'ektlarini, shuningdek hududdagi 2 ming yildan ortiq tarixga ega “Ayozqal'a”, “Tuproqqal'a”, “Katta Guldursun qal'a”, “Qavatqal'a” va boshqa tarixiy obidalar negizida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
 
Yig‘ilish yakunida Xalq deputatlari Ellikqal'a tumani Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Поделиться