O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q» loyihasi endi ijtimoiy tarmoqlarda

2020-10-16 | Jamiyat

TOShKENT, 16-oktabr. /«Dunyo» AA/. «Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q» loyihasi doirasida shu nomdagi Telegram kanali faoliyati joriy yil aprel oyida yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi loyihani Facebook va Instagramda tashkil etilgan sahifalar orqali ham muntazam ravishda kuzatib borish mumkin, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha o‘tgan vaqt mobaynida kutilgan samarasini berdi.

Gender masalalarini yoritib borishga qaratilgan mazkur resurs xotin-qizlarga yordam berishga ixtisoslashgan muassasalarni axborot bilan ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.

Xususan, kanalda zo‘ravonlikdan jabr chekkan shaxslarga bepul maslahat berib boradigan tashkilotlarning psixologlari va huquqshunoslari bilan bevosita bog‘lanish uchun aloqa manzillari, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan genderga asoslangan zo‘ravonlik statistikasi e’lon qilib boriladi.

Endi loyihani nafaqat Telegram kanalida, balki Facebook va Instagramda tashkil etilgan sahifalar orqali ham muntazam ravishda kuzatib borish mumkin.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться