O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi

2020-10-25 | Iqtisodiyot

Nukusda boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining toʻqqizinchi sessiyasida Orolboʻyi hududida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash toʻgʻrisidagi masala muhokama etildi.

Videokonferensiya shaklida oʻtkazilgan sessiyada Oliy Majlis Senati va hukumat aʼzolari, sektorlar, soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shahar va tuman studiyalarida Joʻqorgʻi Kenges deputatlari, sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari A.Davletov raislik qilgan yigʻilishda taʼkidlanganidek, bugungi kunda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, iqtisodiyotning barqarorligini hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash muhim vazifamizdir. Joriy yilning 16-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, har bir hudud boʻyicha aholining keyingi yilning may oyigacha goʻsht, tuxum, un, yogʻ, shakar, guruch, kartoshka, sabzi va piyoz mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ushbu mahsulotlarni qachon, qayerdan olish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududlarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining mahalliy Kengash sessiyalarida axborot berishi hamda ularning bu jarayonda maʼsuliyat va javobgarligini oshirish lozimligi qayd etildi. 

Shuningdek, qisqa fursatda har bir hududda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha alohida jamgʻarmalarni tashkil etish vazifasi ham topshirildi.

Ushbu belgilangan vazifalardan kelib chiqib “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” jamgʻarmasi tashkil etilmoqda. Mazkur jamgʻarmaning tashkil etilishi aholining kundalik ehtiyojlari uchun talab qilinadigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashda, bozorlarda bahoning barqarorligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Sessiyada sektor rahbarlarining hududlarda olib borilayotgan chora-tadbirlar, kelgusidagi rejalari boʻyicha hisobotlari tinglandi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan soʻng tegishli qaror qabul qilindi.

 
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B.Tajiyev nutq soʻzladi.

 

 

Dovud ABIBULLAYEV, Maqsad HABIBULLAYEV (surat)

Manba: O'zA

Поделиться