O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

O‘zbekiston Elchisi Litva Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

18.08.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekistonning Litvadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Riga shahrida) Qadamboy Sultonov Litva Prezidenti Gitanas Nausedaga ishonch yorliqlarin topshirdi.

Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi: poydevori, istiqbollari, geostrategik ahamiyati»mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

18.08.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida «Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi: poydevori, istiqbollari, geostrategik ahamiyati» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

MDH doirasida huquqiy axborot almashish uchun Yagona elektron platforma yaratilmoqda

18.08.2021MDHManba: O'zA

2020-yil 18-dekabrda bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish sohasida koordinatsiyani kuchaytirish va huquqiy axborot almashish uchun Yagona elektron platformani yaratish tashabbusi ilgari surildi.

ITBning O‘zbekistondagi Yillik anjumaniga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi

18.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Islom taraqqiyot bankining (ITB) yangi tayinlangan Prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir bilan videokonferensaloqa orqali Islom taraqqiyot banki Guruhi Boshqaruvchilari Kengashining 46-Yillik anjumanini Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq bir qator masalalarni muhokama qildi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

18.08.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog‘lu bilan telefon orqali muloqot qildi.

ITB guruhining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan 2021-yildagi yillik anjumani “Chora ko‘rish, tiklash, qayta ishga tushirish” shiori ostida barqaror iqtisodiy tiklanishga bag‘ishlanadi

18.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 31-avgustidan 4-sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasining go‘zal poytaxti Toshkent shahrida, Toshkent Xalqaro kongress-markazida Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhi Boshqaruvchilar Kengashining 2021-yilgi Yillik anjumanini o‘tkazadi. Unda a'zo mamlakatlarga oid rivojlanish masalalari va institusional muammolar muhokama qilinadi.

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar

18.08.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ommaviy axborot vositalari diqqatiga: Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish davom etmoqda

17.08.2021SaylovManba: Markaziy saylov komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida saylovni yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari – Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tkaziladi.

Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda

17.08.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari

Turkiya Prezidentiga hamdardlik

16.08.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, binolar va infratuzilma obyektlariga katta ziyon yetgani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.

Prezident muftiy oilasiga ta'ziya bildirdi

16.08.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15-avgust kuni xastalik tufayli vafot etdi.

O‘zbekiston energetika vazirligi QTE sohasidagi umumiy quvvati 1200 MVt bo‘lgan tenderlarni yakunlash yoki eʼlon qilish bosqichidagi loyihalarning qisqa ro‘yxatini eʼlon qildi

16.08.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya (QTE ) sohasidagi tenderlar yakunlanish va eʼlon qilish bosqichidagi loyihalarning qisqa ro‘yxatini eʼlon qildi.

AKT xodimlari uchun yangi va zamonaviy uylar o‘z egalariga topshirildi

16.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qurilgan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qushbegi mavzesi hamda Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzesida qad rostlagan 210 xonadonli 4 ta to‘qqiz qavatli turar-joy binolaridagi xonadonlarni o‘z egalariga berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yangi va barcha qulayliklarga ega xonadonlar kaliti  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat yuritadigan xodimlarga topshirildi.

Krasnoyarskda Surxon brendi bilan meva-sabzavotlar sotiladi

13.08.2021SiyosatManba: O'zA

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi Termiz shahri va qator tumanlar hokimlari, tadbirkorlar, shifokorlardan iborat delegatsiyaning Rossiya Federativ Respublikasiga xizmat safari davom etmoqda.

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Shuxrat Aliev Shofirkon tumanida sayyor qabul o'tkazdi

12.08.2021JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Joriy yilning 23-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari”ga bag'ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh diplomatlarini qabul qildi

12.08.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi Deniel Rozenblyumni qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar va xalq ta’limi vazirliklari xalq ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

12.08.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida muloqot tashkil etildi.

Toshkentda yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro forum o‘z ishini boshladi

12.08.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Toshkentda yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan «Yoshlarni global harakatlarga jalb etish» mavzusidagi jahon konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Sherzod Ashurov G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi

12.08.2021Hukumat tarkibidagi o'zgarishlarManba: O'zA

Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Namanganda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” aniqlandi

12.08.2021JamiyatManba: O'zA

Namangan shahridagi pedagogika kollejida mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2021” Respublika kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.