O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston energetika vazirligi QTE sohasidagi umumiy quvvati 1200 MVt bo‘lgan tenderlarni yakunlash yoki eʼlon qilish bosqichidagi loyihalarning qisqa ro‘yxatini eʼlon qildi
2021-08-16 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya (QTE ) sohasidagi tenderlar yakunlanish va eʼlon qilish bosqichidagi loyihalarning qisqa ro‘yxatini eʼlon qildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, quyidagi loyihalar tender yakunlanish bosqichida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi.
Tender eʼlon qilish bosqichidagi loyihalar:
1. Buxoro, Xorazm va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish.
2. Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi