Ommaviy axborot vositalari diqqatiga: Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida saylovni yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari – Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida saylovni yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari – Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tkaziladi.
Akkreditasiyadan o‘tgan OAV vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir bo‘lish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish va kuzatish huquqiga ega.
Akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘isidagi murojaatlar 2021-yil 14-oktyabr soat 18:00 gacha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Akkreditasiyadan o‘tish istagidagi O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari kerak:
- akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasiga yozilgan murojaat (ariza). Murojaat OAV (tashkilot) rasmiy blankasida taqdim etiladi va rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Murojaatda akkreditasiyadan o‘tkaziladigan OAV vakilining (xodimining) famiyaliyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi. Vakillar soni ko‘p bo‘lsa ularning ro‘yxati murojaatga ilova qilinishi mumkin;
- akkreditasiyadan o‘tkaziladigan vakilning (vakillarning) shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport, ID karta);
- 3x4 sm hajmdagi 2 dona fotosurat yoki jpg formatda bo‘lgan elektron shakldagi fotosurat.
Ommaviy axborot vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etilishi maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditasiyadan o‘tgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tkaziladi.
Xorijiy OAV vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish uchun Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiriladi:
- akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasiga yozilgan murojaat (ariza). Murojaat Tashqi ishlar vazirligida akkerditasiyadan o‘tgan xorijiy OAV muxbirlik punkti (byurosi, ofisi) rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Murojaatda akkreditasiyadan o‘tkaziladigan OAV vakilining (xodimining) familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi. Vakillar soni ko‘p bo‘lsa ularning ro‘yxati murojaatga ilova qilinishi mumkin;
- akkreditasiyadan o‘tkaziladigan vakilning (vakillarning) shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport);
- 3x4 sm hajmdagi 1 dona fotosurat yoki jpg formatda bo‘lgan elektron shakldagi fotosurat.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditasiyadan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasini taqdim etish maqsadga muvofiq.
Hujjatlar qog‘oz va elektron shaklda qabul qilinadi.
Pochta manzil: 100047, Toshkent sh., To‘ytepa ko‘chasi, 2a-uy.
Elektron shakldagi hujjatlarni yuborish uchun elektron pochta manzili: saylov@umail.uz
Murojaat uchun telefon: +998 (71) 239-15-72
Manba: Markaziy saylov komissiyasi