O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston tashqi ishlar va xalq ta’limi vazirliklari xalq ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

2021-08-12 | Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida muloqot tashkil etildi.

Tadbirda respublika xalq ta’limi sohasidagi xalqaro hamkorlik va islohotlar natijadorligiga oid vazifalar muhokama qilindi.
Xalq ta’limi vaziri ta’lim sohasidagi keng qamrovli islohotlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. «Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi» g‘oyasi ostida maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy talablarga mos jihozlash, yangi axborot vositalari va texnologiyalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar alohida  qayd etildi.
Onlayn-tadbirda mamlakatimizda xususiy ta’lim tizimiga keng yo‘l ochilgani ta’kidlandi. Respublikada nodavlat ta’lim muassasalari soni 2017 yilda 27 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ular 195 taga yetdi.
 Muloqotda umumta’lim maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy darsliklar ishlab chiqish va kadrlar malakasini oshirish borasida xorijiy mamlakatlar grant va texnik ko‘mak mablag‘larini keng jalb qilish xususida ham  fikr almashildi. 
Uchrashuv yakunida ta’lim sohasida ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llash, chet ellik mutaxassisislarni bu jarayondagi ishtirokini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi ishlar yuzasidan kelishib olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться