O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2021-08-18 | Siyosat
2021-yilning 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog‘lu bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy siyosatning ayrim jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
A.Kamilov turkiyalik hamkasbiga Turkiyada yaqinda yuz bergan tabiiy ofatlar va ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi