O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident muftiy oilasiga ta'ziya bildirdi

2021-08-16 | Siyosat

Xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15-avgust kuni xastalik tufayli vafot etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'ziyali xonadonga tashrif buyurib, marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.
 
 
Usmonxon Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, Toshkent islom institutida, Marokash davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil olib, islom dini asoslarini, arab va fors tillarini chuqur o‘rgangan.
 
U 1980-2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida ishlagan. 2000-2006 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi bo‘lgan.
 
Usmonxon Alimov 2006-yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Boy bilim va tajribasini ezgu amallarga safarbar etdi.
 
Davlatimiz rahbarining tashrifi, hamdardlik so‘zlari og‘ir judolikka uchragan ko‘ngillarga taskin bo‘ldi. 
 
Marhumning haqiga duo qilindi.
 
Prezidentimiz muftiyning ezgu ishlarini yodga oldi.
 
– Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘layapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться