O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sherzod Ashurov G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi
2021-08-12 | Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar
Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat va tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirokida o‘tkazilgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Murodjon Umarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan G‘ijduvon tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov G‘ijduvon tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Manba: O'zA