O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ITBning O‘zbekistondagi Yillik anjumaniga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi

2021-08-18 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Islom taraqqiyot bankining (ITB) yangi tayinlangan Prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir bilan videokonferensaloqa orqali Islom taraqqiyot banki Guruhi Boshqaruvchilari Kengashining 46-Yillik anjumanini Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq bir qator masalalarni muhokama qildi.

Suhbat chog‘ida ITB rahbariyati O‘zbekiston tomonining Yillik anjumanga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi faolligini qayd etdi. Kun tartibi doirasida tadbirni tashkil etish bilan bog‘liq amaliy masalalar ko‘rib chiqildi va bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikning samarali algoritmlari ishlab chiqildi.
 
Yillik anjumanda ITBga a'zo mamlakatlarning 57 nafar hukumat vakillari, moliya, iqtisodiyot, rejalashtirish va xalqaro hamkorlik vazirlari, markaziy banklar rahbarlari va boshqa rasmiylar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari (XMI) va xalqaro rivojlanish tashkilotlari, biznes sektori, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar, OAV va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari qatnashadi. Jami 2000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishlari kutilmoqda.
 
Bu kabi yuqori daraja va yirik miqyosdagi tadbirni o‘tkazish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga keng jamoatchilik va investorlar e'tiborini jalb etish, ITB bilan hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonda Bankning investisiyalar portfelini kengaytirish imkonini berishi ta'kidlandi. 
 
Shuningdek, tomonlar ITB va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holatini, amalga oshirilayotgan loyihalar portfelini muhokama qilib, uni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
 
Muzokaralar yakunida ITB sho‘'ba korxonalari – Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi, Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi va Islom investisiyalar va eksport kreditlarini sug‘urta qilish korporatsiyasining qo‘shimcha resurslarini O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirish uchun  jalb etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Shuningdek, tomonlar yaqin istiqbolda ITBning O‘zbekistondagi mintaqaviy vakolatxonasini ochish tashabbusi ustida ishlashga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться