O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro forum o‘z ishini boshladi
2021-08-12 | Jamiyat
Toshkentda yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan «Yoshlarni global harakatlarga jalb etish» mavzusidagi jahon konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon konferensiyasini o‘tkazish tashabbusi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 22-fevral kuni bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari kengashining 46-sessiyasida ilgari surilgan edi.
Ikki kun davom etadigan forum gibrid formatida o‘tkaziladi. Unda 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotdan 500 dan ziyod vakil ishtirok etmoqda.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi