O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Jahon bankining mintaqaviy direktori bilan uchrashuv

13.07.2017Siyosat

2017-yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukni qabul qildi. L.Burunchuk ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun nufuzli delegatsiya rahbari sifatida Toshkent shahriga keldi.

YI komissiyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga doir

13.07.2017Siyosat

2017-yilning 12-iyul kuni Toshkent shahriga Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi boshchiligidagi delegatsiya keldi.

Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak

13.07.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2017-yil 12-iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak

13.07.2017Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasi

​O‘zbekiston delegatsiyasi IHT TIVK sessiyasida ishtirok etdi​

12.07.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2017-yilning 10-11-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Abidjan shahrida (Kot-d’Ivuar Respublikasi) bo‘lib o‘tgan 44-sessiyasida ishtirok etdi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

12.07.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2017-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi. R.Meredov Toshkent shahriga tashrif bilan keldi.

Rashid Meredov: erishilgan kelishuvlar ijrosi tahlil qilindi

12.07.2017Siyosat

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O‘zA muxbiriga mamlakatimizga amaliy tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar haqida so‘zlab berdi:

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – tashqi ishlar vazirini qabul qildi

12.07.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni Toshkentga amaliy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev: asosiy maqsadimiz – odamlarga barcha zarur qulayliklarni yaratishdir

11.07.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Sergelida yangi yo‘l o‘tkazgich quriladi

11.07.2017Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi.

Sergelida metro qurilishi jadal davom etmoqda

11.07.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan metro qurilishi bilan tanishdi.

Sergeli tumanida 2 ming 500 dan ziyod oila Mustaqillik bayramini yangi uyda kutib oladi

11.07.2017Siyosat

Bugun Sergeli tumanining 6-mavzesi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Bu yerda 66 ta 7 qavatli uy bunyod etilmoqda. Ular Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi. Mazkur turar joylar tufayli 2 ming 500 dan ziyod oila yangi uyga ko‘chib o‘tadi. 

Keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda

11.07.2017Siyosat

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-8-iyul kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi.

​Qozog‘iston Elchisi bilan uchrashuv​

10.07.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2017-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Mongoliyaning saylangan Prezidentini tabrikladi

10.07.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xaltmaagiyn Battulgani Mongoliya Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifiga doir

10.07.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2017-yilning 11-12-iyul kunlari Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev: mahalla obodligi-yurt obodligi

08.07.2017Siyosat

Davlatimiz rahbari Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishdi.

Ishchi guruhlarning Ashxabod shahridagi uchrashuviga doir

08.07.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan 2017-yil 6-7-mart kunlari Turkmanistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarga asoslangan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda.

MOMEM vakili bilan uchrashuv

08.07.2017Siyosat

2017-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) ijrochi direktori Iskandar Abdullayevni qabul qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining IHT TIVKda ishtirokiga doir

08.07.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi 2017-yil 10-11-iyul kunlari Abidjan shahrida (Kot-d’Ivuar Respublikasi) Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 44-sessiyasida ishtirok etadi.