O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon bankining mintaqaviy direktori bilan uchrashuv

2017-07-13 | Siyosat

2017-yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukni qabul qildi. L.Burunchuk ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun nufuzli delegatsiya rahbari sifatida Toshkent shahriga keldi.

Liliya Burunchuk shu yilning o‘zida to‘rtinchi marta mamlakatimizga tashrif buyurmoqda. Avvalroq Jahon banki delegatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan tanishish maqsadida Orolbo‘yiga tashrif buyurgan edi.

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi sherikchilik istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться