O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining IHT TIVKda ishtirokiga doir

2017-07-08 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi 2017-yil 10-11-iyul kunlari Abidjan shahrida (Kot-d’Ivuar Respublikasi) Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 44-sessiyasida ishtirok etadi.

Sessiyada 2016-2017-yillardagi O‘zbekistonning IHT TIVKdagi raisligi yakunlarini ko‘rib chiqish, tashkilot faoliyatiga oid qator masalalarni muhokama qilish va siyosiy, huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish rejalashtirilgan.

2016-yil 18-oktabrda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning IHT TIVKning Toshkentda bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi to‘g‘risida” va “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) Maxsus kafedrasini Toshkent islom universiteti tarkibida tashkil etish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyalarning qabul qilinishi kutilmoqda.

TIVKning 44-sessiyada raislik O‘zbekiston Respublikasidan Kot-d’Ivuar Respublikasiga rasman o‘tadi.

Поделиться