O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2017-07-12 | Siyosat
2017-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi. R.Meredov Toshkent shahriga tashrif bilan keldi.
Muloqot davomida tashqi siyosat idoralarining rahbarlari turli sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar hamda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik sur’atlarini yanada oshirish nuqtayi nazaridan 2017-yilning birinchi yarim yilligi juda mazmunli va samarali bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning joriy yilning mart va may oylaridagi uchrashuvlari hamda tegishli vazirliklar va xo‘jalik subyektlari rahbarlari o‘rtasidagi intensiv aloqalar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlariga kuchli turtki bergani qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, ikki tomon ham oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida ahamiyat beradilar va har bir bitim yoki shartnomaning bajarilish jarayonini tom ma’noda nazorat qiladilar.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda Turkmaniston Elchisi Shiri Shiriyev ishtirok etdi.
Anvar Ilyasov olgan surat
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi