O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: mahalla obodligi-yurt obodligi

2017-07-08 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishdi.

Orzu mahallasida Birinchi Prezidentimizning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha 2014-2016-yillarda namunali loyihalar asosida 708 uy-joy, mahallaning yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 6 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahallada otalar choyxonasi, savdo shoxobchalari, mini futbol maydoni, bolajonlar uchun turli attraksionlar ishlab turibdi. 

Bu yerda mahalla raisi, kotibi va maslahatchisi, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar mavjud. Kutubxona zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur adabiyotlar bilan ta’minlangan. Joriy yilda mahalla binosi yonida profilaktika inspektori uchun xizmat uyi qurildi. 

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida yurtimizning barcha hududlaridagi ichki ishlar organlari o‘rtasida zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llanilgan holda o‘zaro tezkor aloqa o‘rnatish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Davlatimiz rahbari “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori xizmat xonasida o‘rnatilgan komputer orqali Xorazm viloyati Xiva tumani ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan videomuloqot qildi. 

Profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, sodir etilgan har bir jinoyatni tahlil qilish, jinoyatchilikni professional darajada aniqlash lozim. Profilaktika inspektorlari xizmat uylari, imtiyozli kreditlar asosida mashinalar bilan ta’minlanayotgani ular mahallaning har bir xonadoni bilan samarali ishlashida muhim ahamiyat kasb etmoqda, dedi Prezidentimiz.

 

Umar Asrorov, O‘zA

Поделиться