O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

​O‘zbekiston delegatsiyasi IHT TIVK sessiyasida ishtirok etdi​

2017-07-12 | Siyosat

2017-yilning 10-11-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Abidjan shahrida (Kot-d’Ivuar Respublikasi) bo‘lib o‘tgan 44-sessiyasida ishtirok etdi.

2016-2017-yillarda “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasining IHT TIVKdagi raisiligi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotdan so‘ng raislikni 2017-2018-yillarda Kot-d’Ivuar Respublikasiga rasman topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

IHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari tashkilot faoliyatining dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda siyosiy, huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalar bo‘yicha rezolyutsiyalar qabul qildilar.

O‘zbekistonning boshqa a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusiga binoan “Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ta’sis etish to‘g‘risida” va “Toshkent islom universiteti qoshida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) maxsus kafedrasini tashkil etish to‘g‘risida” maxsus qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib, 2016-yilning 18-oktabrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan IHT TIVKning 43-sessiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan takliflar IHT TIVK tomonidan yana bir bor tasdqilandi/qo‘llab-quvvatlandi.

Bosh kotib Yusuf bin Ahmad al-Usaymin va tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining nutqlarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan TIVKning 43-sessiyasi va umuman 2016-2017-yillardagi O‘zbekiston raisligining muvaffaqiyatli natijalariga alohida urg‘u berildi.

Xususan, O‘zbekiston tashabbusi bilan IHT Bosh kotibiyatida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim tashkil etildi.

Kot-d’Ivuar Respublikasi Prezidenti Allasan Dramane Uattaraning sessiyadagi so‘zlagan nutqida Kot-d’Ivuar raisligining shiori sifatida “Yoshlik, tinchlik va birdamlik dunyosida taraqqiyot” ilgari surildi. Ushbu shior O‘zbekiston raisligi davridagi tashabbuslarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

44-sessiya davomida IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi yangi a’zolarining saylovi bo‘lib o‘tdi. Bizning mamlaktimizdan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Akmal Saidov 3 yil muddatga komissiya a’zoligiga saylandi.

Kot-d’Iuvarga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi IHT Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin, Birlashgan Arab Amirliklari Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit bo‘yicha vaziri Sani bin Ahmad al-Zeyudi, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Sartaj Aziz, Indoneziya Tashqi ishlar vaziri Retno Lestari Priansari Marsudi, ISESCOning Tashqi aloqalar va hamkorlik bo‘yicha direktori Ahmad Uld Bah bilan uchrashuv va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться