O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sergelida metro qurilishi jadal davom etmoqda

2017-07-11 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan metro qurilishi bilan tanishdi.

Metro jamoat transporti turlari orasida o‘zining qulay, xavfsiz va tezkorligi bilan ajralib turadi. 1977-yilda Toshkentda barpo etilgan ilk metro liniyasining uzunligi 12,2 kilometr bo‘lib, to‘qqizta bekatdan iborat edi. O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishlari bilan Toshkent metropoliteni rivojlandi va uzunligi 39 kilometrga, bekatlari soni 29 taga yetdi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sergeli tumanida metro yo‘lini qurish o‘ta murakkab jarayon. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi metro er usti bo‘ylab, estakadalar orqali tashkil etiladi. Chilonzor yo‘nalishining Olmazor bekatidan boshlanadigan Sergeli yo‘nalishida oltita bekat bunyod etiladi. 

2017-2020-yillarga mo‘ljallangan mazkur qurilishga 170,1 million dollar sarflanadi. Uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etuvchi mazkur inshoot to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallanmoqda. O‘ziga xos muhandislik yechimlari asosida bunyod etilayotgan transport yo‘li Choshtepa mahallasidan o‘tib, Sergeli tumanining Yo‘ldosh mavzesidagi Mag‘rib ko‘chasigacha boradi. 

Qurilishda foydalanilayotgan texnika turlariga alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi. Bundan tashqari geologiya masalalari ham diqqat markazida bo‘lishi kerak.  

Davlatimiz rahbari yangi qurilayotgan yer usti metrosi yonidan o‘tadigan ko‘cha atrofida ikki va uch qator daraxt va gullar ekilishi lozimligini  ta’kidladi.  

Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlari haqida ham ma’lumot berildi. Bugun 2017-2019-yillarga qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan mazkur yo‘nalishning Turkiston bekatida poydevor quyish ishlari olib borilmoqda. 

Yangi qurilayotgan metro bekatlarining dizayni, devorlariga ishlatiladigan qurilish materiallari, tasvirlardan namunalar namoyish etildi.  

Prezidentimiz bekatlar shinam va yorug‘ bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi. Yosh dizaynerlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish kerak, dedi.

 

Abu Bakir O‘rozov, Sarvar O'rmonov (surat), O‘zA

Поделиться