O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ishchi guruhlarning Ashxabod shahridagi uchrashuviga doir
2017-07-08 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan 2017-yil 6-7-mart kunlari Turkmanistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarga asoslangan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda.
2017-yil 2-7-iyul kunlari Ashxabod shahrida do‘stona va hamjihatlik ruhida O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Bayonot imzolandi.