O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MOMEM vakili bilan uchrashuv
2017-07-08 | Siyosat
2017-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) ijrochi direktori Iskandar Abdullayevni qabul qildi.
MOMEM 1998-yilda Daniyaning Orxus shahrida bo‘lib o‘tgan Tabiatni muhofaza qilish vazirlarining to‘rtinchi umumyevropa konferensiyasi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi, BMTning Taraqqiyot dasturi va Yevropa Komissiyasi MOMEMning ta’sischilari hisoblanadi.
TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va MOMEM o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Alohida ta’kidlandiki, 2017-yilning iyun oyida Ashxobod shahrida Birinchi Markaziy Osiyo ekologik forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi mintaqamizdagi atrof-muhit muhofazasi masalalari bilan shug‘ullanadigan davlat va nohukumat tashkilotlari vakillari o‘rtasidagi muloqotga yangicha tus berdi.
Vazir MOMEM vakillarini joriy yilning kuzida Samarqandda BMT rahbarligida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif qildi.