O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

​Qozog‘iston Elchisi bilan uchrashuv​

2017-07-10 | Siyosat

2017-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida “Oq oltin – Selinniy” va “Malik – Sirdaryo” o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimini o‘tkazishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Ushbu punktlar M-39 yo‘lining Qozog‘iston hududidagi qismidan foydalanishga imkon beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-23-mart kunlari Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida diplomatik kanallar orqali O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi Bitimga 2006-yil 4-sentabrda imzolangan Bayonnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli Bayonnoma imzolangan edi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться