O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sergelida yangi yo‘l o‘tkazgich quriladi
2017-07-11 | Siyosat
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi.
Qipchoq ko‘chasi temir yo‘l bilan kesishgan joyda uzunligi 1011, eni 28 metr bo‘lgan ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Qipchoq ko‘chasi kengaytirilmoqda. Natijada ushbu ko‘cha Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Toshkent xalqa yo‘lini bog‘lab, transportlar harakati uchun yangi qulayliklar yaratadi.
Davlatimiz rahbariga shu yerda obodonlashtirish ishlariga ixtisoslashgan yangi mashinalar namoyish etildi.