O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashuv

2018-07-09 | Siyosat

Afg‘oniston Islom Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi 2018-yil 8-iyul kuni “Arg” saroyida Prezident Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.

Suhbat avvalida Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston rahbariga iliq salom va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo Afg‘oniston Prezidentining 2017-yil dekabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etish jarayoni muhokama qilindi. Shu o‘rinda yirik qo‘shma investitsiya, transport-kommunikatsiya, savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Termiz shahrida Afg‘oniston konsulxonasini ochishga O‘zbekiston roziligi tasdiqlandi.

Shuningdek, Afg‘oniston va chegaradosh mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

2018-yil mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etgan va batafsil nutq so‘zlagan Prezident Muhammad Ashraf G‘ani o‘z mamlakatida tinchlik jarayoniga ko‘maklashishga qaratilgan faol sa’y-harakat uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться