O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sloveniya Elchisi bilan uchrashuv
2018-07-11 | Siyosat
2018-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Sloveniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Primoj Sheligo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida turli sohalarda va “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” shaklida ikki tomonlama aloqalar holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar 1999-yildan buyon tashkillashtirilmaganligi va ushbu shakldagi aloqalarni o‘tkazish amaliyotini qayta yo‘lga qo‘yishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Uchrashuvda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya kabi samarali institutlarni yaratish va ularning muntazam faoliyatini boshlash to‘g‘risida takliflar bildirildi.
O‘zbekistonda diplomatik missiyasi yakunlanayotganligi munosabati bilan Elchiga ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlanishiga qo‘shgan konstruktiv hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.