O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qatar delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-07-17 | Siyosat

2018-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ishlari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Halid Ibrahim al-Hamar rahbarligidagi delegatsiyasni qabul qildi.

Qatarning yetakchi vazirlik va idoralari, iqtisodiy tuzilmalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiyasi 16-iyul kuni mamlakatimizga keldi va O‘zbekiston hukumati delegatsiasining 2018-yil 2-4-iyul kunlari Doha shahriga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar, sayyohlik va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Qatar kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyani tuzish va ishga tushirish, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi raundini o‘tkazishga roziliklarini tasdiqladilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston rahbariyati Qatar fuqarolari uchun ham uchinchi davlatga tranzit orqali ketayotganda mamlakatimiz hududida 5 kun vizasiz bo‘lish imkoniyati yaratilgani Qatarda mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Qatar delegatsiyasiga 2018-yil 6-10-sentyabr kunlari Shahrisabzda bo‘lib o‘tadigan birinchi xalqaro maqom san’ati forumiga taklifnoma taqdim etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. 2018-yil 27-mart kuni Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro konferensiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan ma’qullangan Toshkent deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirishda O‘zbekiston-Qatar hamkorligiga ijobiy baho berildi va bu yo‘nalishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.

Поделиться