O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi bosh vazirlarining amaliy uchrashuvi to‘g‘risida
2018-07-17 | Siyosat
2018-yilning 16-iyul kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodaning amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalar tarkibiga vazirliklar va idoralar, yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari kiritilgan.
Bosh vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, avvalo oliy darajada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.
Shuningdek, joriy yilning mart oyidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi va Prezident E.Sh.Rahmon bilan muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan turli darajalardagi aloqalarning yuqori samaradorligi qayd etildi.
O‘zaro savdodagi o‘sishning ijobiy dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo aylanmasi 2018-yilning birinchi yarmida o‘tgan yilga nisbatan 35 foizdan ko‘proqga oshdi.
Ta’kidlanganidek, ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi va geografik qo‘shnilik va past transport xarajatlari tufayli raqobat ustunligiga ega.
Savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlikni faollashtirish maqsadida tomonlar Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish va O‘zbekiston va Tojikiston hududida ikki davlat ishbilarmon doiralari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga kelishib olishdi.
O‘zbekiston tomoni Tojikiston Respublikasi Prezidenti E.Sh.Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida Toshkent shahrida “Tojikistonda ishlab chiqarilgan” milliy sanoat ko‘rgazmasining hamda birgalikdagi O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumining o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish borasidagi qo‘shma harakatlarni kelishib olishdi.
Tomonlar barcha sohalardagi ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirishga sodiqligini va ularni bundanda samarali va sermahsul bo‘lishligi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanliklarini yana bir bor ta’kidlashdi.
Bosh vazirlar bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuvi davlatlararo munosabatlarni yangi pog‘onaga ko‘tarishiga hamda ikki davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishiga ishonch bildirdilar.
Farg‘onadagi muzokaralar yakunida uchrashuv Bayonnomasi imzolandi.