O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv
2018-07-17 | Siyosat
2018-yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kadzuyuki Nakane bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlaridagi bir qator masalalar, jumladan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida aloqalar, shuningdek, mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Yaponiya ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, avvalo siyosiy muloqotni faollashtirish tarafdori.
Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni hamda O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralarining to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Madaniy-gumanitar, turistik almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqish chog‘ida Kadzuyuki Nakane O‘zbekiston tomonidan Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz tartib kiritilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Muzokaralarda Yaponiya Elchisi Nobuaki Ito ishtirok etdi.