O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Elchisi bilan uchrashuv
2018-07-17 | Siyosat
2018-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishiga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.