O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

SHHT MATT Ijroqoʻmi direktori bilan uchrashuv

15.01.2019ShHT

2019-yilning 15-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining qaroriga binoan 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida joylashgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Ijroiya qoʻmitasi direktori lavozimini bajarishga kirishgan Jumaxon Gʻiyosov bilan uchrashdi.

Jahongir Artikxoʻjayev Pokiston elchisini qabul qildi

15.01.2019Siyosat

Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxoʻjayev Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf Shami bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samarqandda birinchi vazirlar uchrashuvi yakunlandi

14.01.2019Siyosat

2019-yilning 12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida Afgʻoniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

14.01.2019Siyosat

2019-yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Samarqand shahriga Afgʻoniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuviga kelgan Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

14.01.2019Siyosat

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaradj bilan uchrashdi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

14.01.2019Siyosat

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun bugun kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

14.01.2019Siyosat

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston ishtirokida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi doirasida Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.

Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

14.01.2019Siyosat

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashdi. Salohiddin Rabboniy “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoting birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun nufuzli delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizga kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

14.01.2019Siyosat

Samarqand viloyatining hokimi tasdiqlandi

14.01.2019Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan

11.01.2019Siyosat

Samarqand shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Konfutsiy maydonini koʻzdan kechirdi

11.01.2019Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning avvalgi tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlarga muvofiq Samarqand davlat universiteti yonida buyuk mutafakkir Konfutsiy haykali oʻrnatildi. Haykal atrofidagi moʻjaz maydonda qadimgi Xitoy anʼanalariga xos ayvonlar barpo etildi. Shu yerdagi toʻqqiz qavatli oʻquv va maʼmuriy binoda qurilish ishlari amalga oshirilib, uning har bir qavati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari andozalariga moslashtirildi.

Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

11.01.2019Siyosat

2019-yilning 11-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga kecha kelgan Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev: Odamlar zamonaviy sharoitga ega uylarda yashashi kerak

11.01.2019Siyosat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Qorasuv massivida qurilayotgan zamonaviy aholi massivini borib koʻrdi.

AQSH Prezidenti Donald Trampning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Yangi yil tabrigi

11.01.2019Siyosat

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga kirib kelgan Yangi 2019-yil munosabati bilan eng ezgu tilaklari izhor etilgan tabrik yoʻlladi.

Shavkat Mirziyoyev oʻzaro hamohang ikki ilm maskanini koʻzdan kechirdi

11.01.2019Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilindi.

Hindiston Elchisi bilan uchrashuv

11.01.2019Siyosat

2019-yilning 10-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Hindiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vinod Kumar bilan uchrashdi.

Qozogʻiston delegatsiyasining Samarqand shahrida oʻtkaziladigan vazirlar uchrashuvida ishtiroki toʻgʻrisida

11.01.2019Siyosat

Qozogʻiston tomonining rasmiy maʼlumotiga koʻra 2019-yil 12-yanvarda Oʻzbekistonga Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.