O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan

2019-01-11 | Siyosat

Samarqand shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yurtimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan Samarqand ahliga chuqur hurmatini bildirib, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xalqimiz hayotini yaxshilash boʻyicha viloyatda ham koʻp ishlar qilinayotganini taʼkidladi.

Jumladan, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida yigirma toʻqqizta qishloq, toʻrtta mahallada qariyb 200 milliard soʻmlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Oʻtgan yili 1 ming 500 kvartirali 36 ta koʻp qavatli uy, 2 ming 349 ta arzon uy-joy barpo etilib, egalariga topshirilgan. Oltmishga yaqin davlat bolalar bogʻchasi qurilib, 356 ta xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilgan. Sogʻliqni saqlash, ayollarni qoʻllab-quvvatlash, kommunal tarmoqlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha ham aniq manzilli ishlar bajarilgan.

Davlatimiz rahbari Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatib, Samarqandda “raqamli iqtisodiyot” uchun kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Ayni paytda Prezidentimiz viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishni faollashtirish boʻyicha galdagi vazifalarni koʻrsatib oʻtmoqda. Sessiyada Samarqand viloyatiga hokim tasdiqlanishi kutilmoqda.

Поделиться