O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-01-11 | Siyosat

2019-yilning 11-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga kecha kelgan Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida mamnuniyat bilan qayd etilganidek, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida turli darajalarda, avvalo davlat rahbarlari oʻrtasida muntazam hamkorlikni oʻrnatilgani tufayli ikki tomonlama munosabatlarda misli koʻrilmagan doʻstona muhit yaratildi, bu esa toʻplanib qolgan muammolarni izchil hal etish va hamkorlikning yangi bosqichiga koʻtarishga imkon berdi.

Vazirlar tomonidan asosiy eʼtibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki mamlakat aloqalarini 2019-yilda va istiqbolda yanada chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlarga qaratildi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli asosda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklari tasdiqlandi. Qayd etilganidek, 2018-yilning 11 oyi davomida oʻzaro savdo hajmi 2017-yilning ushbu davriga nisbatan 55 foizga oshib, 363 million dollarni tashkil etdi.

Oʻzbekistonning chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirgʻiziston Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashi majlislarini ikki davlat Bosh vazirlari rahbarligida muntazam ravishda oʻtkazilishi ikki tomonlama munosabatlarda muhim rol oʻynaydi.

Shuningdek, 12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida Afgʻoniston ishtirokida boʻlib oʻtadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi uchrashuvi kun tartibiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu shakldagi forum turli yoʻnalishlardagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish imkonini berishiga ishonch bildirildi.

Muzokaralar yakunida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ikki tomonlama va Markaziy Osiyo shaklidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Uchrashuvda Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi Elchisi Ibragim Junusov ishtirok etdi.

Поделиться