O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Elchisi bilan uchrashuv
2019-01-11 | Siyosat
2019-yilning 10-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Hindiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vinod Kumar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasining Hindiston boʻlib oʻtadigan “Dinamik Gujarat” 9-Xalqaro investitsiya sammitida ishtirokiga va oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi koʻrib chiqildi.
Suhbat davomida Gujarat sammiti doirasida rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va kun tartibi hamda Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtiroki bilan bogʻliq tashkiliy-protokol xarakterdagi masalalar muhokama qilindi. Tibbiyot, farmatsevtika va taʼlim sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishning zarurligi qayd etildi.