O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyatining hokimi tasdiqlandi

2019-01-14 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Davlatimiz rahbari viloyat rahbarlari va faollari oldidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

- Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya jarayonini faollashtirib, yangi korxonalar qurish va ish oʻrinlarini koʻpaytirish eng muhim va ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Oʻtgan yili viloyatda 448 ta obyekt ishga tushirilib, 8 ming 700 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan. Lekin Samarqanddek katta salohiyatga ega hudud uchun bu yetarli emas, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu maqsadda 2019-2020-yillarda amalga oshiriladigan 968 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgani, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda yirik sanoat korxonalari tashkil etilishi maʼlum qilindi.

Samarqandning turizm salohiyatidan foydalanish, qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Поделиться