O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-01-14 | Siyosat

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston ishtirokida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi doirasida Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.

Mehmonni qutlar ekan, Abdulaziz Kamilov Beybut Atamqulovni yuqori va masʼuliyatli Qozogʻiston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida vazirlar tomonidan qayd etilganidek,Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlarining Ostona, Samarqand va Sariagashda, xalqaro tashkilotlar tadbirlari chogʻida oʻtkazilgan uchrashuvlari koʻp qirrali Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlariga yangi joʻshqinlik berdi. 2018-yilda oʻtkazilgan Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislari, birinchi hududlararo hamkorlik forumi va boshqa muhim qoʻshma tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlashga imkon berdi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston va Qozogʻiston hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalarida aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Xususan, oʻtgan yilning 11 oyi mobaynida oʻzaro savdo hajmi 38 foizga oshib, 2,6 milliard AQSH dollaridan koʻproqni tashkil etgani bundan dalolat beradi. Hududlararo munosabatlar, ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari oʻrtasida bevosita aloqalar oʻrnatish sohasida foydalanilmagan salmoqli imkoniyatlar mavjud.

Muzokarada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda boʻlib oʻtadigan Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish va unda Qozogʻiston delegatsiyasi ishtirokiga doir masalalar muhim oʻrin egalladi.

Shuningdek, tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash, turizm va madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bilan bogʻliq ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar koʻrib chiqildi.

Vazirlar “Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili”ning muvaffaqiyatli yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar va 2019-yili “Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili”ni oʻtkazishga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashdilar.

Поделиться