O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-01-14 | Siyosat

2019-yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Samarqand shahriga Afgʻoniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuviga kelgan Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 2018-yildagi oliy darajadagi oʻzaro tashriflar ikki tomonlama strategik hamkorlik munosabatlarida yangi sahifa ochgani qayd etildi.

Vazirlar 2019-yilda boʻladigan qoʻshma tadbirlar, jumladan parlament, hukumat va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali va kun tartibi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdilar.

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻzaro savdo aloqalarining kengayishiga muhim ahamiyat qaratishi qayd etildi. Oʻzaro savdo oʻtgan yilning 11 oyi mobaynida 2017-yilning shu vaqtiga nisbatan 62%ga oʻsdi.

Shu nuqtayi nazardan ikki tomonlama savdo aylanmasini yanada oshirish, oʻzaro tovarlar yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.

Vazirlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvida Tojikiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Suhbatda ikki davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tashrif uchun chegaralarning ochilishi Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlari tomonidan qizgʻin qarshi olingani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro siyosatning boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.

Muzokaralarda Tojikiston Elchisi Sodiq Imomiy ishtirok etdi.

Поделиться