O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahongir Artikxoʻjayev Pokiston elchisini qabul qildi

2019-01-15 | Siyosat

Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxoʻjayev Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf Shami bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Pokiston aloqalarining koʻlami soʻnggi ikki yilda yangi bosqichga koʻtarilgani qayd etildi. Muzokaralarda Pokiston sarmoyadorlari ishtirokida investitsion loyihalarni amalga oshirish, bu borada bajarilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama etildi.

Xususan, hamkorlikda maktabgacha taʼlim muassasalarini barpo etish, ularda innovatsion taʼlim tizimini joriy etish koʻzda tutilgan. Shuningdek, Toshkent va Islomobod shaharlari oʻrtasida aviareyslarni qayta tiklash, yuk tashish va ikkala mamlakat poytaxtlari oʻrtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash boʻyicha ham oʻzaro fikr almashildi.

Поделиться