O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Odamlar zamonaviy sharoitga ega uylarda yashashi kerak

2019-01-11 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Qorasuv massivida qurilayotgan zamonaviy aholi massivini borib koʻrdi.

Samarqand shahri aholisining uy-joyga ehtiyoji yuqoriligini inobatga olib, 2018-yilgi dasturga qoʻshimcha ravishda koʻp qavatli arzon uylar qurish kiritilgan edi.

2018-yilning oʻzida jami 1 ming 344 xonadondan iborat 32 ta 7 qavatli koʻp qavatli arzon uy barpo etildi. Bundan tashqari, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari va yosh oilalarga moʻljallangan 5 qavatli 12 ta turar joy qurib, foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, hududda xususiy bogʻcha, shahar ichki ishlar boʻlimi, savdo va maishiy xizmat majmuasi, “Registon” supermarketi qurib bitkazildi. 540 oʻrinli umumtaʼlim maktabi qurilishi yakunlanmoqda.

Shu tariqa bu yerda qisqa fursatda zamonaviy aholi massivi qad rostladi. Yangi uylarda odamlarning hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun barcha qulayliklar eʼtiborga olingan.

Davlatimiz rahbari Jasur Tursunqulov va Jamshid Kattaqulovlar oilalari koʻchib kirgan yangi xonadonlarni kirib koʻrdi, uy sohiblari bilan suhbatlashdi.

Shu yerda Qorasuv massivida 2019-yilda foydalanishga topshiriladigan uylar loyihalari, jumladan, “Agromir bildings” kompaniyasi tomonidan Turkiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida monolit usulida barpo etilayotgan koʻp qavatli turar joylar taqdimotlari oʻtkazildi.

Prezidentimiz turar-joylar qurilishining odamlar hayotidagi, hudud infratuzilmasidagi ahamiyatiga toʻxtaldi.

– Samarqand turizm markazi boʻlishi kerak. Shuning uchun bu yerda koʻp qavatli uylar qurilishini koʻpaytiramiz. Shahar markazida eng zamonaviy talablarga javob beradigan uylar qurilib, aholini taʼminlaymiz. Uylarni qurishdan oldin uning egasi, qaysi qavatda, necha xonali uyda yashashigacha aniq boʻlishi lozim, – dedi davlatimiz rahbari.

Samarqand seysmik jihatdan ham qulay hududda joylashgani bois kelajakda viloyatning Kattaqoʻrgʻon, Urgut, Paxtachi, Narpay, Qoʻshrabot tumanlari markazlarida ham koʻp qavatli uylar qurilishi zarurligi taʼkidlandi.

Поделиться