O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Prezident Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi

12.03.2019Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12-mart kuni Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi.

Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv

12.03.2019Siyosat

2019-yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yun Sun Guni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Efiopiya Prezidenti va BMT Bosh kotibiga taʼziya bildirdi

11.03.2019Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-mart kuni Addis-Abeba aeroportidan uchib chiqishda samolyotning qulashi oqibatida ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilar, jumladan, BMT tizimining 19 nafar xodimi halok boʻlgani munosabati bilan Efiopiya Prezidenti Saxle-Vork Zevde va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga samimiy hamdardlik bildirdi.

Adliya vazirligining mutaxassislari IHRTning faoliyati bilan tanishishdi

11.03.2019Siyosat

Joriy yilning 5-8-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi tashrif bilan Parij (Fransiya)da boʻldi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti (IHRT) faoliyati bilan yaqindan tanishish va ushbu tashkilotning Oʻzbekiston bilan turli yoʻnalishlardagi hamkorligini oʻrnatishdan iborat edi.

Oʻzbekiston Elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

11.03.2019Siyosat

2019-yilning 7-mart kuni Dakka shahridagi “Bangababan” qasrida Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyev (qarorgohi Dehli shahrida) Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidga oʻzining ishonch yorliqlarini topshirdi.

Pokiston Prezidenti Oʻzbekiston Elchisini qabul qildi

11.03.2019Siyosat

2019-yilning 4-mart kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Arif Alvi “Ayvani-Sadr” qasrida Oʻzbekiston Elchisi Furqat Sidiqovni qabul qildi.

Oʻzbekiston – Turkmaniston chegarasi boʻyicha muzokaralar yakunlari toʻgʻrisida

11.03.2019Siyosat

2019-yilning 1-7-mart kunlari Turkmanobod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston – Turkmaniston hukumatlararo qoʻshma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Xivada Prezident maktabi va Ogahiy nomidagi maktab-internatini qurish ishlari boshlandi

09.03.2019Jamiyat
2019 yil 8 mart kuni Xorazm viloyatining Xiva shahrida Prezident maktabini qurilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi

07.03.2019Siyosat

Toshkentda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vazirini qabul qildi

07.03.2019Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 mart kuni Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraisi, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinni qabul qildi.

Avstriya TIV rahbari oʻrinbosari bilan uchrashuv

07.03.2019Siyosat

2019-yilning 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Avstriya Respublikasi Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Yohannes Peterlik bilan uchrashdi.

Bo‘lajak O‘zbekiston-Avstriya muzokaralari to‘g‘risida

07.03.2019Siyosat

2019-yilning 7-mart kuni TIVda Avstriya Respublikasining Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Yohannes Peterlik bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

07.03.2019Siyosat

2019-yilning 6-mart kuni xorijiy va milliy OAVda Stavropol o‘lkasining Kochubeyevskiy tumanida (Rossiya) yuz bergan yo‘l-transport hodisasida go‘yoki 6 nafar O‘zbekiston fuqarosining halok bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Oʻzbekiston Elchisi BAA Vitse-prezindentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

07.03.2019Siyosat

2019-yilning 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi Hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga oʻzining ishonch yorliqlarini topshirdi.

Rossiya Elchisi bilan uchrashuv

06.03.2019Siyosat

2018-yilning 6-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi.

Lyuksemburg TIV rahbari bilan uchrashuv

06.03.2019Siyosat

2019-yilning 6-mart kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Lyuksemburg Buyuk Gersogligining Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn bilan uchrashdi.

Estoniya Elchisi bilan uchrashuv​

06.03.2019Siyosat

2019-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Estoniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Riga shahrida) etib tayinlangan Arti Hilpusni qabul qildi.​

​Afg‘oniston Prezidentining Maslahatchisi bilan uchrashuv​

06.03.2019Siyosat

2019-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.​

Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv

05.03.2019Siyosat

2019-yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Tojikiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashdi.