O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv

2019-03-12 | Siyosat

2019-yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yun Sun Guni qabul qildi.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil noyabr oyidagi Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Boʻlajak oliy darajadagi Oʻzbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqich boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Vazir taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston Koreya Respublikasi bilan oʻzaro hurmat, ishonch va qoʻllab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan qalin doʻstlik munosabatlarini yuqori baholaydi va qadrlaydi.

Qator yillar davomida Koreya Respublikasi muntazam ravishda Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari qatoridan oʻrin olmoqda. 2018-yilda savdo aylanmasi 2,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning ayni koʻrsatgichlariga nisbatan 54%ga oʻsdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga jalb qilingan Janubiy Koreya investitsiyalarining hajmi 5 mlrd. dollardan oshdi. Hamkorlikning deyarli barcha sohalarida birgalikda samarali ishlash borasida sezilarli tajriba toʻplandi, strategik sherikchilikning mustahkam shartnomaviy-huquqiy asosi shakllantirildi.

Mamlakatimiz hayotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi, davlat boshqaruvi, kadrlar tayyorlash, tibbiyot, taʼlim va koʻplab boshqa jabhalarida Janubiy Koreya tajribasiga talab mavjud.

Shu kunning oʻzida Tashqi ishlar vazirligida ikki tomon siyosiy maslahatlashuvlarining 13-raundi oʻtkazilib, unda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning kompleks masalalari, jumladan boʻlajak uchrashuvlar jadvali koʻrib chiqildi.

Muzokaralarda Koreya Respublikasi Elchisi Kvon Yon U ishtirok etdi.

Поделиться