O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv
2019-03-05 | Siyosat
2019-yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Tojikiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlarining ikki tomonlama uchrashuvlari chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
2019-yilda oʻtkaziladigan qoʻshma tadbirlarning, jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartiblari va oʻtkazilish muddatlari borasidagi takliflar ham koʻrib chiqildi.