O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston – Turkmaniston chegarasi boʻyicha muzokaralar yakunlari toʻgʻrisida
2019-03-11 | Siyosat
2019-yilning 1-7-mart kunlari Turkmanobod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston – Turkmaniston hukumatlararo qoʻshma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar chogʻida davlatlararo chegaraning loyihaviy demarkatsion chizigʻi oʻtishi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish davom ettirildi va ayrim uchastkalarda dala demarkatsion ishlarini olib borish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Uchrashuv anʼanaviy doʻstlik va hamjihatlik ruhida boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.